#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Aliobod mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ko‘zdan kechirildi.
Jumladan, hashar yo‘li bilan mahalla binosi joylashgan hududda “Yoshlar guzari" hamda “Otalar choyxonasi” qurilish ishlari olib borilayotgani aniqlandi. Ushbu tashabbuslar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa yoshlar va nuroniylar uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Shuningdek, mazkur obyektlar foydalanishga topshirilgach, hududda nuroniylar uchun choyxona hamda yoshlar uchun xorijiy tillarga ixtisoslashgan o‘quv markazi tashkil etish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilish jarayonlarining belgilangan me’yorlar asosida amalga oshirilishi hamda ularni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)