Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#tavsiyalar_asosida_tungi_chiroqlar

#tavsiyalar_asosida_tungi_chiroqlar

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov tomonidan Amir Temur MFY hududidagi tungi yoritgich chiroqlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida kotibiyat mutaxassislari I. Ikromov hamda Z. Temirovalar ishtirok etib, hududdagi yoritish tizimining holati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, tungi yoritish tizimini yaxshilash, nosoz chiroqlarni ta’mirlash va hududni yanada yoritilgan holga keltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolar xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

🌎 Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a'zo bo'ling!

| Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580100445021) | Youtube (https://youtube.com/@xalqdeputatlarikogonshahar-g8r?si=tTSW0oZuoAxxdcXO) | Telegramm (https://t.me/KogonshaharKengashiVI) | Instagram (https://www.instagram.com/madadnnt_/) | Veb sayt (https://kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=276)

Slide 1 of 5