Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Chinoz tumani. Deputatlar tomonidan bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi.

Deputatlar tomonidan bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi.

✨ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat Elyorjon Saidov hamda O‘zXDP partiyasidan 13-Ko‘tarma saylov okrugidan saylangan deputat Farxod Ibragimov Kengash ish rejasiga muvofiq tumandagi Tibbiyot birlashmasida bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatini o‘rgandilar.

💊 O‘rganish davomida aniqlanishicha, muassasada 70 turdagi dori vositalari hamda 15 xil turdagi bir martalik ishlatiladigan tibbiy buyumlar mavjud bo‘lib, ular talabnoma asosida tegishli bo‘limlarga yetkazib berilmoqda.

📦 Dori zahiralari yetarli miqdorda shakllantirilgan bo‘lib, ularni saqlash va taqsimlash tizimi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan.

✅ Sog'liqni saqlash Vazirligi tomonidan dori saqlash amaliyoti talab darajasida yo‘lga qo‘yilgani e’tirof etilib, muassasaga tegishli sertifikat berilgan.

📌 O‘rganish yakunida deputatlar tomonidan Tibbiyot birlashmasining ichki dorixona bo‘limi mas’ullariga sohaga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilgan holda dori vositalarini to‘g‘ri va maqsadli sarflash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 8