Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sog‘liqni saqlash muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Umumta’lim maktabining sport anjonlari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniya faoliyati o‘rganildi
янв.21
Elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi
янв.21
Mahalladagi hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli ishlari o‘rganildi
янв.21
Aholining murojaati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2025-yil 1-chorak va 2026-yil 1-chorak davridagi faoliyati haqida tahliliy ma'lumot.
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 20–24-aprel kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasi bo‘lib oʻtdi.
янв.21
Deputat saylovchilarga axborot berdi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Mustafaev Azat Yesbosinovich hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 42-sonli “Taxiatosh” saylov okrugi deputati Djumamuratova Mukarrama Saliyevna “Oydin yo‘l” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvda O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi Taxiatosh tumani apparat rahbari A.Aytmuratov va kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov ham ishtirok etdi.

💬 Muloqot davomida:

▪️ Mahalladagi mavjud muammolar va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi

▪️ Aholi bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi

⚡️ Shuningdek, fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalar yuzasidan:

▪️ Elektr ta’minoti

▪️ Gaz ta’minoti

▪️ Ichimlik suvi masalalari bo‘yicha mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida ochiq savol-javob bo‘lib o‘tdi.

🏢 Jumladan:

🔹 Taxiatosh tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i T.Jamalov

🔹 “Taxiatosh tumangaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i S.Qutlimuratov

🔹 “Qoraqalpoq suv ta’minoti” AJ Taxiatosh tumani filiali boshlig‘i R.Djumaniyazov

aholini qiziqtirgan savollarga javob berib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini ta’kidladilar.

✅ Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9