🔷Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325-V-sonli Qarorida belgilangan tartib asosida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risidagi tuman hokimligi takliflari ko‘rib chiqildi.
Xususan, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari mablag‘lari:
🔻“Uyenkulsay” mahallasidagi qishloq vrachlik punktini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
🔻“Achchisay” mahallasida tadbirkorlik subyekti tomonidan qurilishi rejalashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
🔻“Obod” mahallasining ichki yo‘llarini asfaltlashtirish va boshqa tadbir va xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish belgilandi.
🔷Sessiya yakuni bilan qaror loyihasi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.