35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurafshonda deputatlar yoshlar bandligi va migratsiya masalalarini o‘rganmoqda.

 Nurafshonda deputatlar yoshlar bandligi va migratsiya masalalarini o‘rganmoqda.

Xalq bilan muloqot — muammolar yechimining eng qisqa yo‘lidir. Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati A.Turdiyev, Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev hamda Yoshlar maslahati guruhi raisi I.Omanboyevlar "Xuriyat" MFY aholisi bilan migratsiya muammolari va #aholi bantligi masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazdilar.

Uchrashuvning asosiy mavzulari:

💼 Bandlik: Ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish;

✈️ Migratsiya: Tashqi mehnat migratsiyasining huquqiy asoslari va xorijdan qaytgan fuqarolarni reabilitatsiya qilish;

📈 Imkoniyatlar: Davlat tomonidan berilayotgan subsidiyalar va imtiyozli kreditlar haqida tushuntirish.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ko‘plab masalalarga joyida yechim topildi. Ijrosi vaqt talab etadigan murojaatlar deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4