Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J. Shermatov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘jamberdiyev hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A. O‘rmonovalar tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati, jumladan, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qarori ijrosini yuzasidan xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan So‘filar mahalla fuqarolar yig‘inida “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilishi rejalashtirilgan 96 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarning ro‘yxati shakllantirilib, mahalla yettiligining tegishli kollegial qarori qabul qilingan.
O‘rganish yakunida mahalla mas’ullariga xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlab, ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish hamda bu boradagi ishlarni tizimli ravishda davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.