Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Chorbog‘” oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 28-mart kuni soat 10-00 da xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjetga kiritilgan loyihalar joylarda o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jarayonlari natijalari muhokama qilindi
Ishtixon tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi

2026-yil 26-mart kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumanda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va ularning omillarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Ishtixon tumani Ichki ishlar bo‘limi Tashkiliy bo‘linma boshlig‘i D. Nosirov hisobot berib, 2026-yilning o‘tgan 2 oy 20 kuni davomida amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etdi.

Qayd etilishicha, ushbu davrda tumanda jami 173 ta jinoyat qayd etilib, bu o‘tgan yilga nisbatan 51,8 foizga oshgan. Jinoyatlarning 22,6 foizi oldini olish mumkin bo‘lgan, 29,5 foizi aniqlanadigan hamda 47,9 foizi axborot texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, ayrim turdagi og‘ir jinoyatlar sodir etilishining oldi olingan bo‘lsa-da, talonchilik, bezorilik va o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazish kabi jinoyatlar oshgani ta’kidlandi.

Hisobotda jinoyat sodir etgan shaxslar tahlili ham keltirilib, ishssizlar, ayollar, guruh bo‘lib sodir etilgan hamda mast holatda sodir etilgan jinoyatlar ko‘paygani qayd etildi. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa kamaygan.

Tezkor-qidiruv faoliyati doirasida giyohvandlik, noqonuniy qurol saqlash, qimor va ekstremizm bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan. Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ushlash, ma’muriy nazoratni kuchaytirish borasida ham tegishli ishlar amalga oshirilgan.

Mahallalar kesimida tahlil qilinganda, 62 ta mahallaning 1 tasi “qizil”, 3 tasi “sariq” va 58 tasi “yashil” toifaga kiritilgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda ayniqsa, axborot texnologiyalari orqali sodir etilayotgan jinoyatlar soni ortib borayotgani alohida ta’kidlanib, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik va “kibermadaniyat”ni oshirish zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash, videokuzatuv tizimlarini keng joriy etish orqali jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilotlarga huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasida ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 4