Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ichki ko‘chalarnng obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 24-28-mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi 2026-yil 3-aprel kuni soat 10-00 da masofaviy shaklda bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Jamoat transporti qatnovi o‘rganildi.
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma toʻqqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Chorbog‘” oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Bugun Navoiy shahrida mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, ayniqsa ularning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalliy Kengashlar faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda tizimli, tezkor va ochiq yoritish, aholi bilan onlayn muloqotni kuchaytirish, raqamli platformalardan samarali foydalanish, axborotni sodda va tushunarli tarzda yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari tomonidan kontent yaratish, foto va videomateriallardan unumli foydalanish, ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy imijni shakllantirish hamda keng jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiya olib borish bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5