Xalq deputatlari Zarbdor tumani Kengashiga 5-Navoiy saylov okrugidan saylangan deputat Z.Umurzakov tomonidan hududda jinoyatchilikka qarshi profilaktika ishlari hamda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar bilan manzilli ishlash va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.
Joriy yil boshidan buyon hududda 5 ta jinoyat sodir etilgan, shundan 2 tasi kiberjinoyat, 2 tasi o‘g‘irlik va 1 tasi yengil tan jarohati yetkazish holati aniqlangan.
Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan muqaddam sudlanganlar va muammoli oilalar bilan individual ishlash, yoshlar o‘rtasida profilaktik tadbirlar olib borilayotgani qayd etildi.
O‘rganish yakunida jinoyatchilikni kamaytirish va profilaktika ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.