Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 28-mart kuni soat 10-00 da xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjetga kiritilgan loyihalar joylarda o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jarayonlari natijalari muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarning tutash hududidagi infratuzilma obyektlari oʻrganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
Jinoyatchilikka qarshi kurash holati bo‘yicha o‘rganish olib borildi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati X.Xazratova va  xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi bosh mutaxassisi G.Maxammadiyeva ishtirokida Nurobod tumanidagi Navro'z mahallasida "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Ushbu uchrashuvda Navro'z mahallasi profilaktika inspektori Sh.Ernazarov tomonidan manzilli profilaktik ishlar samarali yo‘lga qo‘yilganligi, u tomonidan fuqarolar bilan muntazam muloqot o‘rnatilib, muammoli oilalar bilan tizimli ishlash yo‘lga qo‘yilganligi, har bir murojaat va holat e’tibordan chetda qolmay, joyida o‘rganilganligi muhokama qilindi.

 Shuningdek, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga ham jiddiy yondashilmoqda.

 Uchrashuvda deputat tomonidan o‘zaro fikr almashar ekan, mahallalarda tinchlikni ta’minlash — fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi, farzandlar kelajagi va jamiyat barqarorligining mustahkam kafolati ekani alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 3