Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2026-yil 28-mart kuni soat 10-00 da xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjetga kiritilgan loyihalar joylarda o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jarayonlari natijalari muhokama qilindi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
Ko‘p kvartirali uylarning tutash hududidagi infratuzilma obyektlari oʻrganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
“Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi ijrosi bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
Chilonzor tumanida hokimning ommaviy qabuli o‘tkazildi

Chilonzor tumani hokimligi binosi old maydonida tuman hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev tomonidan aholi uchun navbatdagi ommaviy qabul tashkil etildi. Qabulda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari D.Mahmudova, M.Tashmuhammedova, Sh. Ahmedov, A. Mavlonovlar ishtirok etishdi. 

Qabul jarayonida 80 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, jami 42 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 18 tasi joyida ijobiy hal etildi hamda 1 nafar fuqaro murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.

Qolgan 23 ta murojaat bo‘yicha mas’ullarga aniq muddatlar belgilanib, ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur ommaviy qabullar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda ularning murojaatlariga tezkor yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4