Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Chorbog‘” oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ajrim yoqasidagi va nizoli oilalar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tumanda nogironligi bo‘lgan fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 28-mart kuni soat 10-00 da xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yigirma to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyatlari o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjetga kiritilgan loyihalar joylarda o‘rganildi
янв.21
Tashabbusli budjet jarayonlari natijalari muhokama qilindi
Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi

Hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati U.Xo‘shboqov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar ijrosini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi doirasida hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-386-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

Tashrif davomida D-164 Sherobod sh. – Surxon temiryo‘l stansiyasi avtomobil yo‘lining 18–32 km qismini asfaltlash ishlari hamda D-164 Sherobod sh. – Surxon temiryo‘l stansiyasi avtomobil yo‘lining 0–45 km oralig‘idagi yo‘lni ta’mirlash (29 km) ishlari bilan yaqindan tanishildi. Mazkur loyiha hudud transport infratuzilmasini yaxshilash, aholining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish hamda iqtisodiy faollikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish jarayonida mas’ul tashkilot vakillari bilan olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining borishi, ularning sifatli bajarilishi hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan suhbatlashildi. Shuningdek, ishlarni belgilangan texnik talablar asosida amalga oshirish va nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari deputat tomonidan doimiy nazoratga olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 10