Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📌 Xotin-qizlar faolining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga ko‘ra, mahalladagi xotin-qizlar faolining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

✔️ “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohlarning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

👉 Har oy kamida 20 ta oilaga kirib, oilaviy qadriyatlarni targ‘ib qiladi va nikohlarning qonuniyligini ta’minlaydi.

👉 Har oy ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli kamida 5 ta oilani sog‘lom turmush tarziga qaytarish choralarini ko‘radi.

✔️ Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularning ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish.

👉 Har oy maktabdagi o‘quvchi qizlar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning ta’limga qiziqishini oshiradi.

👉 Har oy kamida 5 nafar xotin-qizni tadbirkorlik, kasanachilik yoki hunarmandchilikka jalb qiladi.

✔️ Xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va yordam tashkil etish.

👉 Muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qiladi hamda og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatishni ijtimoiy xodim bilan birgalikda tashkil etadi.

👉 Har oy kamida 10 nafar muhtoj xotin-qizga yordam tashkil etadi.

✔️ Tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi profilaktika ishlari.

👉 Har oy jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yoki profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar xonadoniga borib, ularning muammolarini o‘rganadi.

👉 Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini aniqlab, bu haqida profilaktika inspektoriga xabar beradi.

Slide 1 of 1