Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Kengash_faoliyati

Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025- yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida deputatlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi Bandixon tumani "Bandixon" MFYda Bandixon tumani Soliq inspeksiyasi binosini qurish bo‘yicha loyihani bajarilishini oʻrganish maqsadida tuman Kengashi deputati Abdimo'minov Xasan Aliqulovich tuman Kengashi kotibiyati xodimi Qurbonov Baxtiyor Nomaz o'g'li tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ishlarni sifatli tashkil etish choralarini koʻrish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

O‘rganish davomida ob’ektda loyiha asosida ishlar amalga oshirilayotganligi va qo‘shimcha loyihalash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

Mazkur loyihaning bajarilishi doimiy ravishda deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 8