Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUZASIDAN MA’LUMOT

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 16-“Katta hayot–Do‘stlik” saylov okrugi deputati T. Mirzayev tomonidan Sherobod tumani hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
E. Musayevga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur so‘rovda Sherobod tumani “Katta hayot” mahallasidagi Nashida ko‘chasining 3 km qismi ta’mirtalab holatga kelib qolgani sababli ushbu yo‘lni ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalasi ko‘tarilgan.

Ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i E. Musayev tomonidan ma’lum qilinishicha, 2026-yilda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida “O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Sherobod tumani markazidagi 8 ta mahallada ichimlik suvi tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.

Unga ko‘ra, 2026-yilning II choragida ichimlik suvi quvurlarini yotqizish ishlari yakunlanishi belgilangan.

Shu sababli tuman markazidagi ta’mirtalab ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari ichimlik suvi quvurlari o‘tkazilganidan so‘ng amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3