Deputatlik so‘rovi yuborildi
✅Sariosiyo tumani "Gulobod" mahallasida 284 ta xonadonni hamda hududda joylashgan 80-umumta’lim maktabini ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 5 kmga suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova tomonidan tegishli tashkilot rahbariga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅Unda aholining ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 5 kmga suv tarmoqlarini qurish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.