Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 21-sonli “Yangier” saylov okrugidan saylangan deputat Allabergenova Yulduz Farxodovna Aqchako‘l OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 O‘zbekiston O‘zLiDeP partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 21-sonli “Yangier” saylov okrugidan saylangan deputat Allabergenova Yulduz Farxodovna Aqchako‘l OFYda o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuv davomida deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori hamda 2026-yil 21-fevraldagi Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi PQ-70-sonli qarorining
mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuntirish berildi.
 

Xususan, mazkur qarorlar asosida hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, infratuzilmani yaxshilash hamda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida saylovchilarga atroflicha ma’lumot berildi. Deputat ushbu hujjatlar orqali aholi farovonligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. 

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahalla hududini obodonlashtirish, bandlik masalasi hamda ijtimoiy soha bilan bog‘liq bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Deputat ushbu murojaatlarni atroflicha o‘rganib chiqib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ma’lum qildi. 

Slide 1 of 2