Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur qaror ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari
Parkent tuman Kengashi deputatlarining tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda saylangan okruglarda o‘tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvaliga muvofiq, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 19-"Chashma" saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich “Xurriyat” MFY16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida mahalla yettiligi va maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda o‘z okrugidagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat saylov okrugi tarkibiga kiruvchi mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Jumladan, hududni obodonlashtirish, ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash hamda aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Tadbirda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna hamda tegishli kommunal soha tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.
Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 8