Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI

DEPUTAT VA SAYLOVCHILAR UCHRASHUVI

Navoiy shahar 10-Gʻalaba saylov okrugi deputati Shaxnoza Azamatovna joriy yilning 11 mart kuni Navoiy shahridagi 13-maktab binosida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mazkur uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad saylovchilar bilan ochiq muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini tinglash hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishdan iborat boʻldi.Uchrashuv davomida deputat oʻz saylov okrugida amalga oshirilayotgan ishlar, aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy masalalarni hal etish, shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan faoliyat haqida batafsil ma’lumot berdi. Shu bilan birga, hududni yanada obodonlashtirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ta’lim muassasalari va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan ishlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi.Uchrashuvda saylovchilar tomonidan mahalla va hududdagi dolzarb masalalar, jumladan, kommunal xizmatlar sifati, yoʻllar holati, obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar boʻyicha savol va takliflar bildirildi. Deputat barcha murojaatlarni diqqat bilan tinglab, ularni tegishli tartibda koʻrib chiqish va hal etish boʻyicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi. Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, aholining taklif va tashabbuslari hududni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Deputat bunday uchrashuvlar aholi bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning muammolarini oʻrganish va oʻz vaqtida hal etishda muhim omil boʻlib xizmat qilishini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar asosida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi. Bunday muloqotlar kelgusida ham muntazam ravishda davom ettirilishi qayd etildi.

Slide 1 of 3