Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
#jamoatchilik nazorati

Muborak "Ramazon" oyi munosabati bilan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi ortishini inobatga olib, shahrimiz bozorlarida narx-navo barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari Zuhra Pulatova hamda Shodiya Alijonova "Oydin" dehqon bozorida navbatdagi nazorat tadbirini o‘tkazishdi.

Narxlarning sun’iy oshirilishi: Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, yog‘, un, shakar va poliz ekinlari) narxlarining asossiz ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha sotuvchilar bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Mahsulotlar zaxirasi: Bozorda mahsulotlar tanqisligining oldini olish maqsadida kundalik keltirilayotgan tovarlar hajmi va mavjud zaxiralar ko‘zdan kechirildi.

Sanitariya holati: Rastalar va mahsulot saqlash joylarining tozaligi, sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi tekshirildi.

✅ Maqsad — xalq roziligi

Deputatlarimizning ta’kidlashicha, bunday o‘rganishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — muqaddas oy kunlarida hamshaharlarimizning sifatli mahsulotlarni hamyonbop narxlarda xarid qilishlari uchun munosib sharoit yaratishdir.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda. Zero, xalq manfaati va ijtimoiy adolatni ta’minlash deputatlik faoliyatining bosh mezonidir.

📢 Hurmatli hamshaharlar, bozorlarda narxlarning asossiz oshirilishi holatlariga duch kelsangiz, o‘z hududingiz deputatlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Slide 1 of 5