Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
#Deputat_hududda #o'rganish

✅Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Ermatovna Qosimova Olmaliq shahrida bo‘lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga qaratilgan masalalarni o‘rgandi.

Tashrif davomida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov hamda kotibiyat mudiri Sevar Qodirova bilan birgalikda shaharni rivojlantirishning 2026-yilga mo‘ljallangan strategik rejalari va "Tashabbusli budjet" loyihasining 1-mavsumi ishtirokchilari faoliyati tahlil qilindi.

💼 Bandlik va ijtimoiy himoya: Amaliy natijalar

Jarayon yakunida asosiy e’tibor aholining eng dolzarb muammolaridan biri — bandlik masalalariga qaratildi. Deputat va mutasaddilar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, quyidagi choralarni ko‘rdilar:

📥Murojaat qilgan fuqarolar shahardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi va ularga mos yo‘nalishlar taklif etildi.

📥Fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

📥Mas’ul idoralar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash va aholi oldidagi mas’uliyatni kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.

✅Murojaatlar e’tiborsiz qolmadi

Eng muhimi, har bir murojaat shunchaki tinglanib qolmasdan, ularning yechimi bo‘yicha amaliy ishlar va nazorat tadbirlari boshlab yuborildi. Bu esa davlat organlarining xalq bilan yaqin muloqoti amalda o‘z tasdig‘ini topayotganidan dalolatdir.

"Inson qadri uchun" tamoyili asosida olib borilayotgan bu kabi o‘rganishlar Olmaliq shahri aholisining turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 7