Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
🚧 Davlat xizmatlari markaziga olib boruvchi yo‘l holati deputat nazoratiga olindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan Ishtixon tumani Davlat xizmatlari markaziga olib boruvchi yo‘lning holati yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Hududda aholi va saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan mazkur yo‘lning ayrim qismlarida suv to‘planib qolayotgani sababli harakatlanishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirildi. Ushbu yo‘l davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelayotgan fuqarolar, shuningdek atrofdagi ko‘p qavatli uylar aholisi tomonidan muntazam foydalaniladigan serqatnov yo‘llardan biri hisoblanadi.

Ayniqsa yomg‘irli kunlarda yo‘lning ayrim joylari suv bilan to‘lib qolishi natijasida piyodalar uchun yurish qiyinlashib, transport vositalarining harakatlanishida ham noqulayliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa hudud aholisi va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun kelayotgan fuqarolar tomonidan haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mazkur hududdagi yo‘lning texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish, suv to‘planishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.

📌 Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda rasmiy javob taqdim etilishi lozim.

✅ Aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilma yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash masalalari deputat nazoratida qoladi.

Slide 1 of 1