Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Qarapchi” mahallasida tuman Kengashi deputati Go‘zal Sayitqulova hamda viloyat Kengashidan saylangan deputat Ro‘ziqul Primqulovlar tomonidan mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi murojaatlari hamda hududda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🔘 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi. Xususan, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

🔘 Shuningdek, mahalladagi infratuzilma masalalari, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

🔘 Uchrashuv yakunida mahalla yettiligi tomonidan hududda olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda PF-209-sonli Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 3