Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
📌 Erkin qoldiq mablag‘lari taqsimoti: raqamlar va ustuvor yo‘nalishlar

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘larini yo‘naltirish masalasi batafsil ko‘rib chiqildi.

💰 2026-yil 1-yanvar holatiga erkin qoldiq mablag‘lari 6 mlrd 258 mln so‘mni tashkil etgan.

Shundan, muhokama natijalariga ko‘ra, 653,9 mln so‘m mablag‘ni quyidagi yo‘nalishlarga ajratish rejalashtirildi:

🔹 55,0 mln so‘m – 2024–2025-o‘quv yilida namunali faoliyat ko‘rsatgan o‘qituvchi va o‘quvchilarni rag‘batlantirish uchun;

🔹 187,2 mln so‘m – “ZO‘R KLASS” loyihasi doirasida ta’lim jarayoniga jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning ijara va kommunal xarajatlari uchun;

🔹 170,0 mln so‘m – M37 avtomobil yo‘lining 62-kilometrida o‘rnatilgan foto radar qurilmasiga xizmat ko‘rsatish uchun;

🔹 32,4 mln so‘m – tuman hokimligining rasmiy veb-sayti va portalini texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatlari uchun;

🔹 42,0 mln so‘m – elektron tizim (e-qaror) bilan bog‘liq yillik xarajatlar uchun;

🔹 10,0 mln so‘m – pochta xizmatlari xarajatlari uchun;

🔹 12,0 mln so‘m – inson resurslarini boshqarish elektron tizimiga texnik xizmat ko‘rsatish uchun;

🔹 62,2 mln so‘m – texnik xodimlar mehnatiga haq to‘lash uchun;

🔹 5,8 mln so‘m – davlat tilida ish yuritish va malaka oshirish bo‘yicha sertifikat xarajatlari uchun;

🔹 15,0 mln so‘m – selektor qurilmalari uchun texnik jihozlar xaridi;

🔹 15,0 mln so‘m – qog‘oz va kanselyariya mollari xaridi;

🔹 47,4 mln so‘m – yer tuzish va loyiha ishlari uchun.

💬 Muhokamalar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha mablag‘larning maqsadli, shaffof va samarali sarflanishi yuzasidan komissiya a’zolari tomonidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ajratilayotgan mablag‘lar hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim sifatini oshirish, raqamli tizimlarni takomillashtirish hamda davlat xizmatlari samaradorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida tegishli qaror loyihasi ma’qullandi. 

Slide 1 of 4