Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Deputat saylovchilari bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Gulmira Safarova tomonidan Mohpar mahallasida joylashgan 29-son DMTTda saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni belgilashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sifati, yo‘l infratuzilmasi, ijtimoiy yordam olish tartibi, bandlik masalalari hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat Gulmira Safarova tomonidan har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni qonuniy asosda hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi, muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatilishi ta’kidlab o‘tildi. Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi,

Uchrashuv jarayonida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, hududni obodonlashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 

Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni ijobiy hal etishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Bu kabi uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish orqali aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularning ishonchini mustahkamlash ko‘zda tutilgan. 

Slide 1 of 2