Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bugun Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati M.Sulaymonov hamda Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputatlari Y.Jo‘rayev va J.Mamadaliyevlar ishtirokida Oqoltin tumani “Bo‘ston” mahallasi hududida joylashgan 9-umumta’lim maktabining faollar zalida “Bo‘ston” MFYning yettiligi va saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ushrashuvda 2025-yilda mahallaning infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2026-yilga mo'ljallangan rejalar kelishib olindi. 

  

- “Bo‘ston” MFY J.Manguberdi ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar orasidagi chiqindi qutisiga olib boruvchi 35 metr masofaga shag‘al to‘kish: 

- “Bo‘ston” mahallasi Ezgulik ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi BSK servis kompaniyasining ishini nazoratga olish; 

- “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ining tuman Tibbiyot birlashmasidan uzoqligini inobatga olib tez tibbiy yordam mashinasi ajratish ; 

- “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi ishsiz ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida mahalla hududida ish o‘rinlari tashkil eish. 

- “Bo‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini Nihol ko‘chasidagi yaroqsiz holatdagi eskirgan elektr sim yog‘ochlarni almashtirish  

Slide 1 of 4