Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Deputat tomonidan qonun targ‘iboti

                Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputati Z. G‘ofurova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining XIII yalpi majlisida ko‘rib chiqilib, qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning amaliy ahamiyatini tushuntirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish maqsadida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir davomida deputat tomonidan Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun hujjatlarining asosiy yo‘nalishlari, ularning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad hamda jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Шунингдек, mamlakatimizda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, qonunchilik tizimini takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda
ushbu qonun hujjatlarining aholi turmush farovonligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlab o‘tildi.
Tadbir jarayonida ishtirokchilarga qabul qilingan qonun hujjatlarining amaliy jihatlari, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, shuningdek, fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan
atroflicha tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga, tadbir ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, unda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar hamda qonunlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib qilishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.
   

Slide 1 of 2