Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Deputat so'rovi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Matniyazov Akbar Qadirovich mahallada fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, qurilish, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tuman hokimining o'rinbosariga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Tuman hokimining o'rinbosari Bekjanov Farxad Artikbayevichga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat: 

🟢 Taxiatosh tumani “Yangi makon” mahallasida “Og‘ir mahalla” dasturi doirasida qurilishi rejalashtirilgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot taqdim etilishini;

🟢 Davlat dasturiga kiritilgan “Mehrem” aholi punktini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilishini; 

🟢 Shuningdek, “Chatiravuq” aholi punktida rejalashtirilgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining bugungi kundagi holati bo'yicha ma'lumotlarni asoslantirilgan tushuntirish bilan taqdim etilishini so‘radi.

📥 Matniyazov Akbar Qadirovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Telegram (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi)