Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Deputat va saylovchilar: ochiq muloqot — muammolar yechimi

Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputati Jahongir Xolbayev Shodlik mahallasi fuqarolari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari J. Xolmuhammedov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shundan so‘ng fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, mahalla aholisi o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdi. Jumladan: • tungi yoritish chiroqlarining ishlamayotgani

• yo‘l infratuzilmasini yaxshilash uchun lotoklar va piyodalar yo‘laklari zarurligi

• ayrim uy-joylarni ta’mirlash masalalari

• uyga suv kirib ketayotganligi

• gaz tarmog‘i uchun trubalar zarurligi

Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan qayd etilib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Bunday uchrashuvlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hudud taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim muloqot maydoniga aylanmoqda.

Slide 1 of 4