Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bugun Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kengash_faoliyati

✅Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi deputatlar e’tiborida

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025- yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori bilan belgilangan tartib asosida deputatlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Bandixon tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi “Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Pq-454-sonli qarorini ta’minlash maqsadidagi Bandixon tumani «Farovon» MFYdagi 2-son MTTni rekonstruksiya qilinganligi bo‘yicha va loyihani bajarilishini oʻrganish maqsadida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi mudiri Pardayev Azamat Almardanovich tashrif buyurdi.

✅Tashrif davomida mazkur loyiha doirasida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ishlarni sifatli tashkil etish choralarini koʻrish boʻyicha muzokaralar olib borildi.

✅O‘rganish davomida ob’ektda loyiha asosida ishlar to'liq amalga oshirilib, qo‘shimcha loyihalash ishlari olib borilayotganligi aniqlandi.

🚨Deputat tomonidan bildirilgan takliflar va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi rejalashtirildi.

Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.

Slide 1 of 11