Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bugun Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Umida Fayziyeva tomonidan “Qichqiriq” mahallasida aholi bilan sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallada mavjud ijtimoiy muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini bevosita tinglash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

 Qabulda Kengash raisi Sh.Umarxodjayeva va tuman Kengashi deputatlari, mahalla “yettiligi” xodimlari hamda faollar ishtirok etdi. Muloqot davomida mahalla hududida kuzatuv kameralarini o‘rnatish, 233-sonli umumta'lim maktab qarshisida “Yuqori tezlik cheklangan” va 30 belgisi o‘rnatilishi; uy-joyga subsidiya masalasi va kommunal xizmatlar sifati, ko‘p qavatli uylarning tom qismini qayta ta'mirlash, elektr TP qayta ta'mirlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar, bandlik masalalari hamda yoshlar va "Ayollar daftari"ga ro‘yxatga olish xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

 Deputatlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

️Shuningdek, Kengash raisining maqsadi – 2026 yilga mo‘ljallangan ishlarni tizimli rejalashtirish, mahalla yetakchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘ldi. Shuningdek, uchrashuvda jamoatchilik bilan ochiq muloqot va tashabbuslarni amalga oshirishdagi nazorat mexanizmlari ham muhokama qilindi. Natijada, uchrashuv mahallada 2026-yil rejalari bo‘yicha ishlarni aniq va samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiluvchi tavsiyalar bilan yakunlandi.

 Uchrashuv davomida deputatlar aholi bilan muntazam muloqot olib borish, joylarda mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tizimli ish olib borish xalq vakillarining ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.

Slide 1 of 7