Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Iqtidorli yoshlar bilan ochiq suhbat tashkil etildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bo‘yicha navbatdagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlari holatlari o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BO‘STONLIQ TUMANI KENGASHINING 2026-YILGI ISH REJASIGA ASOSAN MART OYIGA BELGILANGAN ISHLAR ANONSI
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 24-27-fevral kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
18-Talliota saylov okrugi deputati hududda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Siddiqov Talliota mahallasida bo‘lib, faxriylar va mahalla faollari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda Ramazon oyining ma’naviy ahamiyati, insonparvarlik va saxovat tamoyillarini amalda namoyon etish masalalari keng muhokama qilindi. Ayniqsa, ehtiyojmand, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda salomatligi sababli uy sharoitida davolanayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etildi.

Shu bilan birga, iftorliklarni sodda va tartibli tashkil etish, ortiqcha dabdabaga yo‘l qo‘ymaslik hamda ajratilgan mablag‘larni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yo‘naltirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida nuroniylardan ushbu ezgu chaqiriqlarni jamoatchilik orasida, xususan, taroveh namozlarida ham keng targ‘ib qilish orqali mahallada hamjihatlik va mehr-muruvvat muhitini yanada mustahkamlash so‘raldi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4