Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Ayollar daftari” bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaati o‘rganildi
янв.21
Ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Aholi muammosi hal etildi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tibbiyot birlashmasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasiga asosan 2-7 - mart kunlari amalga oshirilgan ishlar DAYDJESTI
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma sakkizinchi sessiyasi masofaviy shaklda bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan hududdagi Bog‘ishamol mahallasida sayyor qabul tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishdan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda tuman Kengasi deputati S.Bekmurodova, “mahalla ettiligi” ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv davomida aholi tomonidan ichimlik suvi va elektr ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ko‘mak berish kabi qator masalalar ko‘tarildi.

Deputat har bir murojaatni batafsil tinglab, ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan masalalar esa tegishli tartibda nazoratga olinib, ijrosi bo‘yicha muddatlar belgilandi.

Slide 1 of 8