Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Siyosiy partiya murojaati ko‘rib chiqildi
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Tumanda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha belgilab olingan ustuvor vazifalar o‘rganildi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashining 2026-yil mart oyiga moʻljallangan ish rejasi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN JORIY YIL 24-28-FEVRAL KUNLARI QUYIDAGI YO‘NALISHLARDA ISHLAR OLIB BORILISHI REJALASHTIRILGAN:
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sug‘orish tizimi holati o‘rganildi
“Yoshlar kuni”da ochiq va samimiy muloqot

Qibray tumani hokimi-tuman Kengashi deputati Muzaffar Rashidov tegishli mutasaddilari bilan birgalikda tumandagi 16-umumiy oʼrta taʼlim maktabida boʼlib, oʼquvchi-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot qildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning taʼlimga boʼlgan qiziqishi, kasb tanlashdagi rejalari, zamonaviy bilim va koʼnikmalarni egallash borasidagi taklif va tashabbuslari tinglandi.

Shuningdek, taʼlim muassasasida oʼquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalari, fan toʼgaraklari, sport va axborot texnologiyalari xonalarining holatini koʼzdan kechirdilar. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, taʼlim sifatini yanada oshirish yuzasidan masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Maʼlumki, Prezidentimizning yoshlar bilan uchrashuvida haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” deb eʼlon qilingan edi. Ushbu tashabbus asosida joylarda yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Slide 1 of 7