Bugun 6-okrug deputati tomonidan Katta chinor hamda Obod turmush mahallalarida xotin-qizlar faollarining olib borayotgan ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida:
— Mahallalardagi xotin-qizlar bilan ishlash tizimi
— Ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash ishlari
— Bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari
— Yosh qizlar tarbiyasi va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.
Faollar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Kelgusida ham xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi. https://t.me/Zangiota_tuman_Kengashi