Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN JORIY YIL 24-28-FEVRAL KUNLARI QUYIDAGI YO‘NALISHLARDA ISHLAR OLIB BORILISHI REJALASHTIRILGAN:
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sug‘orish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektorlari faoliyati oʻrganildi
янв.21
“Elga xizmat” va arzonlashtirilgan yarmarkalarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ijobiy yechim topdi
янв.21
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari hamda Yuksalish harakati vakillari bilan hamkorlikda shahardagi Vatan, Guliston va Miltiqsoz mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarda Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning texnik holati, kirish yo‘laklari va yerto‘lalarning saqlanishi, tom qoplamalari, ichki muhandislik tarmoqlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

 Shuningdek, aholining mavjud muammolar, to‘lovlar tizimi va xizmatlar sifati yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Deputatlar tomonidan boshqaruv servis kompaniyalarining shartnoma asosidagi majburiyatlari, bajarilgan ishlar hajmi va moliyaviy intizomi yuzasidan ham tahlillar o‘tkazildi. 

Mazkur o‘rganishlar natijasida muammoli masalalar yuzasidan aniq vazifalar belgilab olinib, ularning ijrosi deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6