Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI BOʻSTONLIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN JORIY YIL 24-28-FEVRAL KUNLARI QUYIDAGI YO‘NALISHLARDA ISHLAR OLIB BORILISHI REJALASHTIRILGAN:
янв.21
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining yig‘irma yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sug‘orish tizimi holati o‘rganildi
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Soliq inspektorlari faoliyati oʻrganildi
янв.21
“Elga xizmat” va arzonlashtirilgan yarmarkalarda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ijobiy yechim topdi
янв.21
Tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
Shahar Kengashi deputati Prezident Murojaatnomasi mazmuni bo`yicha targ‘ibot o`tkazdi.

Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda O‘zbekiston – 2030 strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida10-''Marmarobot'' saylov okrugidan saylangan shahar Kengashi deputati G.Raxmatova tomonidan 1-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuv davomida aholi farovonligini oshirish, bandlikni ta’minlash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, “servis davlat” tamoyilini joriy etish hamda ekologik barqarorlikka erishish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.
G.Raxmatova o‘z chiqishida Murojaatnomada belgilangan vazifalar joylarda samarali ijro etilishi, bu jarayonda fuqarolarning faol ishtiroki muhim ekanini ta’kidladi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar qayd etilib, ayrim masalalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Deputat tomonidan Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili ekani qayd etilib, bunday targ‘ibot tadbirlarini izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2