Yangiliklar

OBOD YOʻL – XAVFSIZ HARAKAT!

🔹Bekobod tumani Oltin vodiy mahalla fuqarolar yig‘inining Yangi hayot ko‘chasida aholi tashabbusi bilan 300 metr uzunlikdagi yo‘l hashar yo‘li orqali shag‘allashtirildi. Ushbu xayrli ish Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati U.Raximjonov, mahalla faollari va fuqarolarning hamjihatligida amalga oshirildi.

🔹Yo‘lni shag‘allashtirish natijasida ko‘cha aholisi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoiti yaratildi. Bu kabi obodonlashtirish ishlari mahallaning infratuzilmasini yaxshilashga, aholi turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3