Yangiliklar

BO‘STON MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

 Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati, tuman Kengashi kotibiyat mudiri M. Qoraboyeva hamda O‘zbekiston “Adolat” SDP Toshloq tuman Kengashi raisi G‘. Yuldashevlar Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuv davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar
va xotin-qizlar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mavjud muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.  

Slide 1 of 4