Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 17-Bo‘rsiliq saylov okrugidan saylangan deputati Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich “Navro‘z” MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahallaning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, jamoat xavfsizligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, elektr va suv ta’minoti, shuningdek, yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, MFY yettiligi bilan birgalikda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan va yechimini kutayotgan muammolar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi. 

Slide 1 of 4