Deputat tashabbusi bilan fuqarolar ish bilan taʼminlandi
Quvurboshi mahallasida tuman Kengashi deputati Sh.Sohibovning mahalla yettiligi vakillari hamda saylovchilar bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari eshitildi, mahalladagi mavjud muammolar tahlil qilindi. MFY raisi tuman Kengashi deputati R.Xolboboyev tomonidan mahallada jazoni ijro etish muassasasidan jazoni oʻtab qaytgan fuqarolarni ish bilan taʼminlash muammosi mavjudligini bildirdi. Tuman Kengashi deputati Sh.Sohibov tashabbusi bilan Quvurboshi MFYda yashovchi fuqarolar A.Jalolov, A.Qaxxorov va A.Axmadaliyevlar ish bilan taʼminlandi. Fuqarolarning murojaatlaridan kelib chiqib MFY hokim yordamchisi I.Azimov tomonidan 2 ta mikro loyihalar ishga tushirildi va bir
nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratildi.