Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Sport tadbiri tashkillashtirildi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bo‘stonliq tumani hokimligida “Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xatlov ishlarini tashkillashtirish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining targ‘iboti

   “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasida “Ma’naviyat karvoni” tashabbusi doirasida navbatdagi targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi. 

Tadbirda xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati T. Mirzayeva hamda mahalla faollari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Prezident Murojaatnomasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim sifatini yuksaltirish hamda mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlashga qaratilgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining asosiy yo‘nalishlari, uning amaliy ahamiyati hamda strategiyada belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan taklif va fikr-mulohazalar kelgusidagi ishlarni yanada samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3