Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
янв.21
Sport tadbiri tashkillashtirildi.
янв.21
Yoshlarning bandligini ta’minlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Bo‘stonliq tumani hokimligida “Sea Breeze Uzbekistan” investitsiya loyihasi yuzasidan jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xatlov ishlarini tashkillashtirish boʻyicha tushuntirishlar berildi.
янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Nargiza Allayorova qish mavsumida Ilm mahallasidagi maktab va bog‘chalarda isitish tizimlari holatini o‘rgandi.

Qish kunlarida ta’lim muassasalarida bolalar uchun iliq va barqaror sharoit yaratish maqsadida deputat joylarga chiqib, ijtimoiy ob’yektlardagi isitish tizimlarining ishlash jarayoni bilan tanishdi. Tashrif davomida sinf va guruh xonalari harorati, qozonxonalar faoliyati, issiqlik ta’minoti uzluksizligi hamda yonilg‘i zaxirasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Shuningdek, qish mavsumini betalafot o‘tkazish, avariyaviy holatlarning oldini olish va tizimli nazoratni kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

Yosh avlod salomatligi va ta’lim olishi uchun munosib sharoit yaratish — doimiy e’tibor va deputat nazoratida.

Slide 1 of 5