Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Termiz tuman Kengashi deputat tomonidan Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Termiz tuman Kengashi deputat tomonidan Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 14-Surxon saylov okrugidan saylangan deputat Dj.Taxchiyeva tomonidan saylovchilar bilan ochiq va samimiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda hudud aholisi ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan dolzarb muammolar, ijtimoiy va infratuzilma masalalari, shuningdek, hududni rivojlantirish bilan bog‘liq taklif va ehtiyojlar bilan o‘rtoqlashdi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, Yurtboshimiz Murojaatnomasida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati saylovchilarga tushuntirildi va ularni amalga oshirish bo‘yicha hududda olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud kamchiliklarni joyida o‘rganish va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yakunda saylovchilar bilan muloqot davomida bildirilgan taklif va takliflar tahlil qilinib, hududdagi infratuzilmani yaxshilash, toza ichimlik suvi ta’minotini kuchaytirish va boshqa ijtimoiy masalalarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Bu ishlarning samaradorligini oshirish hamda aholini muntazam xabardor qilib borish masalalari ham nazoratga olindi.

Slide 1 of 5