Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

Suhbat davomida ro‘yxatga olish jarayonining davlat va jamiyat hayotidagi muhim o‘rni, xususan, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish hamda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l infratuzilmasini yaxshilashdagi ahamiyati haqida batafsil tushuntirish berdi.

Deputat ro‘yxatga olish natijalari asosida hududlarning real ehtiyojlari aniqlanishi, aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan samarali dasturlar ishlab chiqilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimlarini yanada takomillashtirish imkoniyati kengayishini alohida ta’kidladi. 

Uchrashuvlar davomida aholi tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berilib, fuqarolarni ro‘yxatga olish tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)

Slide 1 of 2