Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Deputatlar va "Mahalla yettiligi" hamkorligi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida bugun 15-Beshkappa saylov okrugidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati mudiri Berdiqulova Mavluda Tojiddinovna o‘z okrugidagi "Beshkappa" MFY yettiligi bilan uchrashib mahalladagi gaz, elektr va suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Tadbirda deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida yuz berayotgan o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilinayotgan qonun, farmon va qarorlarning
mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, fikr va takliflar tinglandi hamda mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan zarur chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.
 

Slide 1 of 4