Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Deputatlik nazorati

Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla Mamatqulov va tuman Kengashi deputati D.Sherboyevlar tumanning Bodomzor mahallasida joylashgan 30-sonli umumta’lim maktabida Tashabbusli budjet dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.

Mazkur loyiha asosida 1 milliard 483 million so‘m mablag‘ evaziga qo‘shimcha o‘quv binosi hamda zamonaviy kutubxona barpo
etilmoqda. Hozirgi kunda obyekt hududida poydevor quyish ishlari yakunlanib, g‘isht terish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

Qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilar ekan, quruvchi tashkilot rahbariga ishlarni belgilangan loyiha-smeta hujjatlari, qurilish
me’yorlari va sifat talablari asosida amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, deputatlar maktabning mavjud eski binosida isitish tizimlarining holatini ham o‘rganib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berdilar.

Slide 1 of 7