Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi

     Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi deputati G.Sharipova shahar Oqila ayollar harakati hamda shahar targ‘ibot guruhi a’zolari bilan hamkorlikda 14-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchi qizlar uchun “Milliy qadriyatlar – yot g‘oyalarga qarshi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizning tarixiy ildizlari, milliy liboslarimiz millatimizning ko‘rki va iftixori ekani, shuningdek, sharqona va milliy tarbiya ajdodlarimizdan bebaho meros ekanligi haqida atroflicha fikrlar bildirildi. Tadbir davomida o‘quvchi qizlar milliy liboslar va qadriyatlarga bo‘lgan munosabatlarini ochiq-oydin ifoda etib, o‘z fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash va yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 2