Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bugun “Ma’naviyat karvoni” doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi “Pargos” MFY hududida bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Ma’naviyat karvoni” davom ettirilmoqda
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
2026-yil 19-yanvar kuni tumanning “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida “Ma’naviyat karvoni” doirasida aholi bilan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlariga ko‘maklashildi
янв.21
Mahallada olib borilayotgan xatlov ishlari o‘rganildi.
янв.21
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
янв.21
Aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi

Bugun Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 4-AFCHO'SMUO'TMda pedagog, ishchi-xodimlari, Xonrabot va Tavois mahalla vakillari va qishloq aholisi ishtirokida Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qiziltepa tuman deputati G'oziyeva Feruza Vahobovna tomonidan targʻibot uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv 2025-yil 26-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatini jamoatchilik ongiga chuqur singdirishga qaratildi. Nutqi davomida mahalla tizimini zamonaviylashtirish, yoshlar va ayollar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratish, mahalliy davlat organlarinining mas'uliyatini yanada oshirish haqida alohida to'xtalib o'tdi

Tadbir jarayonida G'oziyeva Feruza Vahobovna soʻzga chiqib, Murojaatnomada belgilangan ustuvor yoʻnalishlar, jumladan, ta’lim tizimini izchil rivojlantirish, zamonaviy yondashuv va ilgʻor tajribalarni joriy etish borasida davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar hamda ularning ta’lim sohasi taraqqiyotiga koʻrsatayotgan ijobiy ta’siri yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirdi.

Slide 1 of 4